Bitta o'yinda 5 ta gol urgan 19 yoshli futbolchi Niderlandiya chempionatining oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo'ldi

7 noya 2020, 09:20
“Ayaks” futbolchisi oy futbolchisi bo'ldi.

Niderlandiya chempionatining oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomiga “Ayaks”ning 19 yoshli hujumchisi Lassina Traore ega chiqdi. U bu yo'lda “Xerenven” vakili Xenk Verman hamda “Feyenoord” a'zosi Ridgeciano Xapsni ortda qoldirdi.

O'tgan oyda Traore “Ayaks” safida 4 ta o'yinda qatnashgan. “Venlo”ga qarshi (13:0) bahsda esa 5 ta gol urib, 3 ta golli uzatma bergandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Twitter/@Eredivisie