Birxoff Flik haqida: "Ertalab 6:30 da qo'ng'iroq qildim, u allaqachon mashg'ulotda edi"

Tolibjon Qosimov
18 okt 2024, 19:18
Oliver Birxoff Xans-Diter Flikning murabbiylik sifatlarini baholadi.

Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi "Bild" nashriga bergan intervyusida hamyurtining "murabbiylik yondashuvi" "Barselona"ga juda mos kelishini aytdi.

Birxoffning takidlashicha, Flikning futboli "quvonch va jasoratni ifodalaydi".

"Menimcha, u klubga birdamlik, jamoaviylik tuyg'usini beradi. Klubdagilar o'zini bir oiladek tutmoqda va yoshlarga umid bog'layapti.

"Barselona" moliyaviy bosim tufayli "La Masiya" o'yinchilariga tayanishga majbur. Bularning barchasi Xansiga qo'l keladi", - deb hisoblamoqda Birxoff.

"Oxirgi marta unga ertalab soat 6:30 da qo'ng'iroq qildim, u allaqachon mashg'ulot maydonida edi. Bu uning o'z ishini qanchalik sevishini ko'rsatadi", - dedi Birxoff.


Eslatib o'tamiz, "Barselona" joriy mavsum Flik boshchiligida LaLigada 9 turdan keyin 24 ochko bilan yakka peshqadamlik qilmoqda. Ular asosiy raqobatchilari "Real"dan 3 ochko ilgarilab ketishgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: marca.com