"Birmingem" "Chelsi" futbolchisini ijaraga oldi

Alisher
7 iyul 2021
"Birmingem" "Chelsi"dan himoyachi Xuan Kastiloni ijaraga oldi.

Bu haqda klubning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari ma'lumot bermoqda. Bitim bir mavsumga mo'ljallangan.

21 yoshli niderlandiyalik futbolchi o'tgan mavsumni ijara asosida AZ va "ADO Den Xaag" klublarida o'tkazgan.

Futbolchi Niderlandiyaning ikki klubi tarkibida umumiy 24ta o'yinda maydonga tushgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/BCFC