Birinchilik 2-bosqich so'nggi ikki tur uchrashuvlari bir vaqtda boshlanadi

Narzulla Saydullayev
15 okt 2013, 08:13
Birinchi liganing oxirgi ikki turi bir vaqtda boshlanadi.
O'zbekiston nohavaskor va yarim professional futbol klublari o'rtasidagi futbol bo'yicha musobaqalar uchun 2013 yilgi Reglamentga asosan (4-modda, 4.16-band), O'zbekiston Birinchiligi ikkinchi bosqich doirasidagi so'nggi ikki tur uchrashuvlarini bir vaqtda boshlash to'g'risida qaror qabul qilindi.

O'zbekiston Birinchiligi ikkinchi bosqich 15- va 16-tur uchrashuvlari 14:00da boshlanadi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz