Birinchi liga. “Sharq” mintaqasi, 21-tur statistikasi

Narzulla Saydullayev
9 iyul 2013, 12:35
O'tgan shanba kuni birinchi liganing 21-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Odatdagidek, saytimiz orqali turning e'tiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.
SENSACIYA QAYD ETILMADI. 8-O'RIN SOHIBI SO'NGGI TURDA ANIQ BO'LADI

Shanba oqshomida bo'lib o'tgan oltita o'yinda aytarli sensacion natijalar qayd etilmadi. Unda to'rtta jamoa o'z maydonida muvaffaqiyat qozonib, muxlislarini quvontirgan bo'lsa, chempionat peshqadamlari “Andijon” va “Qo'qon-1912” safardan uch ochko bilan qaytishga erishdi. E'tiborlisi ushbu turdan keyin jamoalarning turnir jadvalidagi egallab turgani o'rni o'zgarmadi!!! Shu bois 8-o'rin egasi so'nggi turda aniq bo'ladigan bo'ldi.

21-tur. 6 iyul (shanba)

“Paxtakor-2” – “Xotira-79” 3:1.
“Lokomotiv-BFK” – “Andijon” 0:2.
“NBU-Osiyo” – “Yangier” 3:1.
“Oqtepa” – “Istiqlol” 2:0.
“Chust-Paxtakor”– “Qo'qon-1912” 0:1.
“Kosonsoy” – “Bunyodkor-2” 3:2.

18TA GOL. 4TA PENALTI. 1TA DUBL


Ortda qolgan turning oltita o'yinida jami 18ta gol qayd etildi. Bu har bir o'yinga o'rtacha 3tadan to'g'ri keladi. Birinchi bo'limda muxlislar 9ta gol ko'rishgan bo'lsa, ikkinchi bo'limdagi gollari miqdori ham shuncha bo'ldi!

18ta goldan 11tasi mezbon jamoalar hisobiga yozildi. Mehmonlar esa 7ta gol urishdi.
Turning eng tezkor goli, 2-daqiqaga to'g'ri keladi. “Yangier” hujumchisi Akbarali Mustafoev “NBU-Osiyo”gar qarshi o'yinning debyutidayoq raqib darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi. Biroq shunday bo'lsada, uning jamoasi yakunda mag'lubiyatga uchradi.
Turning eng so'nggi goli muallifi esa Nodir Mavlonov bo'ldi. “Bunyodkor-2” yetakchisi 90+1-daqiqada “Kosonsoy” darvozasini ishg'ol etdi. Ammo bu durang uchun ham etarli bo'lmadi.

Ushbu turda hakamlar hammasi bo'lib, 4ta penalti belgilashga qaror qildi. Shundan 3tasi aniq, qolgan yana bittasi noaniq tepilgan! E'tiborlisi har bir bo'limda 2tadan penalti tepildi!

“Paxtakor-2” yetakchisi Bekzod Mirhaydarov, “Xotira-79” himoyachisi G'ulomjon Otavaliev hamda “NBU-Osiyo” vakili Islom Karimov bu borada nuqtadan adashishmagan bo'lsa, “Istiqlol”ning tajribali o'yinchisi Nodir Qo'ziboev 11 metrlik to'pini aniq amalga oshira olmadi.

Mazkur turda dublga erishgan yagona futbolchi ham “NBU-Osiyo” futbolchisi Islom Karimov bo'ldi. Har bir bo'limda “Yangier” darvozasiga bittadan to'p kiritishgan erishgan yarim himoyachi jamoasining muvaffaqiyatiga munosib hissa qo'shishga erishdi.

35TA SARIQ, 1TA QIZIL KARTOCHKA!

21-turdagi sariq kartochkalar soni 35tani tashkil etdi. Bu xar bir o'yinga o'rtacha 5,8tadan sariq demakdir. Bundan ko'rinib turibdiki, mazkur turdagi bahslar keskin va qo'polliklarga boy tarzda kechgan.

Birinchi bo'limda 12ta sariq kartochka kuzatildi. Ikkinchi bo'limda esa sariqlar miqdori 23tani tashkil qildi.

Qo'polliklarga boy tarzda kechgan o'yin “Oqtepa” – “Istiqlol” bo'ldi. Boisi uchrashuv bosh hakami Igor Xudaydotov (Toshkent) shu kuni mezbonlarning 3ta futbolchisiga sariq, mehmonlarga esa 4ta sariq va 1ta qizil kartochka ko'rsatishga qaror qildi.
Turning eng qo'pol o'yin namoyish etgan jamoasi ham “Istiqlol” bo'ldi. “Qo'qon-1912” esa aksincha bu borada qolgan jamoalarga namuna ko'rsatdi. Sababi ushbu jamoaning atiga bitta futbolchisi sariq oldi xolos.

Ushbu turdagi yagona qizil kartochka “muallifi” “Istiqlol” yarim himoyachisi Aziz Haydarov bo'ldi. Futbolchiga 86-daqiqada to'g'ridan-to'g'ri qizil ko'rsatilgan. Aytish kerakki, bu Haydarovning shu kungacha olgan to'rtinchi qizili bo'ldi!

TOSHKENTDAGI TO'RTTA O'YINDA 419TA TOMOSHABIN!!!


6 iyul kuni yoshlar terma jamoamiz Turkiyada o'tayotgan jahon chempionatida Fransiyaga qarshi bahs o'tkazgani bois ham 21-tur o'yinlariga muxlislar qiziqishi juda ham past bo'ldi. Buni o'yin qaydnomasida yozilgan tomoshabinlar sonidan ham bilib olish qiyin emas. E'tibor bergan bo'lsangiz, mazkur turda Toshkentda 4ta o'yin bo'lib o'tgan! Ajablanarlisi ushbu to'rtta o'yindagi tomoshabinlar sonini qo'shib hisoblasak, 419tani ko'rsatdi!

Umuman olganda, 21-turning 6ta o'yiniga 3243ta ishqiboz tashrif buyurgan. Bu har bir o'yinga o'rtacha 540,5tadan to'g'ri keladi.

Eng kam ishqiboz, “Paxtakor-2” – “Xotira-79” (3:1) bahsida kuzatildi. Toshkentda kechgan o'yinga atiga 38ta muxlis qadam ranjida qilgan!!!

Eng ko'p tomoshabin esa odatdagidek yana vodiydagi o'yinda kuzatildi. Aniqrog'i, “Chust-Paxtakor” – “Qo'qon-1912” uchrashuvini 1701 nafar muxlis bevosita stadionda kuzatgan.

Muxlislar tashrifi kimda qanday?

“Paxtakor-2” – “Xotira-79”. Toshkent. 38 tomoshabin.
“Lokomotiv-BFK” – “Andijon”. Toshkent. 217 tomoshabin.
“NBU-Osiyo” – “Yangier”. Toshkent. 43 tomoshabin.
“Oqtepa” – “Istiqlol”. Toshkent. 121 tomoshabin.
“Chust-Paxtakor”– “Qo'qon-1912”. Chust. 1701 tomoshabin.
“Kosonsoy” – “Bunyodkor-2”. Kosonsoy. 1123 tomoshabin.
 

1

ANDIJON (Andijon)

21

18

1

2

48-16

55

2

QO'QON-1912 (Qo'qon)

21

13

3

5

30-22

42

3

NBU-OSIYO (Toshkent)

21

12

3

6

32-17

39

4

OQTEPA (Toshkent)

21

10

3

8

32-30

33

5

CHUST-PAXTAKOR (Chust)

21

8

6

7

26-27

30

6

KOSONSOY (Kosonsoy)

21

8

4

9

27-27

28

7

PAXTAKOR-2 (Toshkent)

21

8

3

10

28-27

27

8

YANGIER (Yangier)

21

7

3

11

31-35

24

9

ISTIQLOL (Toshkent)

21

6

5

10

25-29

23

10

XOTIRA-79 (Uychi)

21

6

2

13

24-40

20

11

LOKOMOTIV-BFK (Toshkent)

21

5

5

11

20-39

20

12

BUNYODKOR-2 (Toshkent)

21

5

2

14

29-41

17

 
22-TURDA UCHRASHADILAR.


Bugun poyoniga etadigan birinchi bosqich o'yinlari ayrim jamoalar taqdiriga oydinlik kiritadi. Sababi kuchli sakkizlikka kirgan jamoa keyingi bosqichda ham ishtirokini davom ettiradi. “Xotira-79”, “Lokomotiv-BFK” va “Bunyodkor-2” ikkinchi bosqiga chiqishdan umidini uzishgan bo'lsa, hozircha 9-o'rinni egallab turgan “Istiqlol”da bu borada hali imkoniyat saqlanib qolgan. Sababi 8-o'rinni egallab turgan “Yangier” bilan bu jamoaning o'rtasidagi ochkolar farqi 1ta. Shu bois 8-o'rin uchun kurash shu ikki jamoa o'rtasida kechishi turgan gap. Ularning bugungi o'yinda g'alaba qozonishi juda muhim. E'tiborlisi “Yangier” ham, “Istiqlol” ham bugun taqvimga ko'ra safarda o'ynashadi. Ko'ramiz bu borada kimning omadi choparkin.

9 iyul (seshanba)

“Lokomotiv-BFK” – “Xotira-79”
“Paxtakor-2” – “Andijon”
“Oqtepa” – “Yangier”
“NBU-Osiyo” – “Istiqlol”
“Kosonsoy” – “Qo'qon-1912”
“Chust-Paxtakor” – “Bunyodkor-2”

Islombek Rustambekov tayyorladi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia