Bunga sabab sifatida bir necha omillarni keltirish mumkin. Xo'sh, aslida bu yilgi birinchi liga bahslariga chiptalar narxi qanchani tashkil etmoqda? Hamma klubda ham chiptalar sotilmoqdami? Bu borada surishtiruv natijasi quyidagicha bo'ldi.
“Mashal”. “Gazchilar” raqiblarini bu yil ham odatdigidek Muborakdagi “Bahrom Vafoev” nomli stadionda qabul qilmoqda. Jamoa oliy ligada ishtirok etayotgan paytda chiptalar bahosi u qadar yuqori emasdi. Bu yil esa muxlislarning stadionga kirishlari bepul qilib qo'yilgan.
“Andijon”. Jamoaning uy stadioni shahardagi “Sog'lom Avlod” o'yingohi sanaladi. Jamoaning uy bahslarida fan-klubning sezilarli ravishda qo'llab-quvvatlayotganini guvohi bo'lmoqdamiz. Ma'lum sabablarga ko'ra, “Andijon” ikkinchi bosqichning dastlabki uchta o'yinini Sho'rbuloq dahasidagi ixtisoslashtirilgan futbol maktab internatining sun'iy qoplamali stadionida o'tkazdi. Endilikda “burgutlar” yana asosiy stadioniga qaytishdi. Uchrashuvlarga kirish uchun chiqarilayotgan chiptalar bahosi esa 1500 va 2500 so'm atrofida bo'lmoqda.
“Qo'qon-1912”. Muxlislar tashrifi borasida bu jamoaning boshqalarga nisbatan ishlari ko'ngildagidek. Chunki Qo'qonda muxlislar futbolni juda qadrlashadi. Shu bois stadionga kirish uchun chiqarilayotgan chiptalar bahosi, bizningcha tomoshabinlarni unchalik ham qiziqtirmaydi. Boshqacha aytganda, chipta narxi qancha bo'lishidan qatiy nazar, muxlislar tashrifi doimo yuqori suratda bo'lmoqda. Har xolda chipta narxi bo'yicha hozircha jiddiy etirozlar bo'lmadi. Ma'lumotlarga ko'ra, “Qo'qon-1912”ning uy o'yinlariga kirish chiptasi har bir o'yinga 2500 so'mdan qilib belgilanmoqda.
“Zarafshon-NCZ”. Muxlislar tashrifi borasida statistikaga e'tibor qaratadigan bo'lsak, “Zarafshon-NCZ”ning bu borada boshqalardan ancha ilgarilab ketganini ko'ramiz. Tomoshabinlarning o'yinga kirishi bepul etib qo'yilgani ham bunga qaysidir manoda sabab bo'lsa ajab emas. Jamoa uy o'yinlarini Navoiy shahridagi, “So'g'diyona” stadionida o'tkazadi.
“Spartak”. Taniqli murabbiy Usmon Toshev boshqaruvidagi “Spartak” garchi liga debyutanti bo'lishiga qaramay, mavsumni yuqori no'tada o'tkazmoqda. Lekin shunga qaramay stadionga kam sonli tomoshabin kirayotgani, jamoaning hamon o'z muxlislarini topmaganidan darak berib turibdi. “Spartak” raqiblarini Kogon shahridagi “Lokomotiv” stadionida qabul qilayotgani, muxlislarning o'yinga kirishi hozircha bepul etib qo'yilgani to'g'risida ma'lumot oldik.
“Chust-Paxtakor”. Chustda bu yil muxlislar tashrifi boshqalarga nisbatan yaxshi deyish mumkin. Jamoa uy bahslarini Chust tumanidagi “Markaziy” o'yingohda o'tkazadi. Chipta narxi, 1500-2000 so'm atrofida.
“Oq-tepa”. Birinchi liganing doimiy ishtirokchisiga aylanib borayotgan “Oq-tepa” bir necha yillardan buyon musobaqada ishtirok etib kelayotgan bo'lsada, hanuz o'z muxlislariga ega bo'lishi qiyin kechmoqda. “Oq-tepa” nomli stadionda o'tayotgan uy o'yinlariga muxlislarning kirishi bepul etib qo'yilgan.
“Xorazm”. O'z vaqtida oliy ligada ishtirok etgan jamoa bugungi kunda birinchi ligada o'ynamoqda. Yaqin yillar davomida yana kuchlilar safiga chiqishni rejalashtirayotgan urganchliklarning o'yiniga kirish bepul bo'lib, jamoa raqibalarini “Xorazm sport majmuasi” stadionida qabul qilayotgani haqida ma'lumot oldik.
“NBU-Osiyo”. Tan olish kerak, birinchi ligada ishtirok etayotgan Toshkent jamoalari chipta sotib, pul ishlaydigan darajada emas. Shu bois “bankirlar” ham ishqibozlarni stadionga kelib, jamoasini qo'llab quvvatlashlari bepul qilib qo'yishgan. Takidlash lozimki, Toshkent shahridagi “Yoshlik” o'yingohi bu yil “NBU-Osiyo”ning uy stadioni sifatida xizmat qilmoqda.
“Sherdor”. Ushbu jamoa ham ligada debyutant sanaladi. Aytishlaricha, “Sherdor” birinchi bosqich o'yinlarining aksariyatini Jomboy tumanidagi stadionda o'tkazgan. Endilikda esa ikkinchi bosqichda raqiblarini shahardagi “OZTM” stadionida qabul qilib kelmoqda. Uchrashuv kirish esa bepul.
“Registon”. Samarqandning birinchi ligadagi yana bir jamoasi bo'lmish, “Registon”ning uy bahslariga tomoshabinlar tashrifi u qadar yuqori emas. Vaholanki, stadionga kirish bu klubda ham bepul ekanligi oydinlashdi. “Registon” ham bugungi kunda uy o'yinlarini “Sherdor” kabi “OZTM” stadionida o'tkazmoqda.
“Istiqlol”. Liga debyutanti bu yilgi uy bahslarini Toshkent shahridagi “To'qimachi” stadionida o'tkazib kelmoqda. Jamoa yangi barpo etilgani sababli hozircha, muxlislarning o'yinga kirishi bepul bo'lmoqda.
“Kosonsoy”. Namangan viloyati jamoasi ham birinchi ligada ko'p yillardan bun ishtirok etib keladi. Bu yil asosan yoshlarga e'tibor qaratayotgan klub uy o'yinlarini “Kosonsoy” markaziy o'yingohida o'tkazmoqda. Ma'lum bo'lishicha uchrashuvga kirish uchun chipta narxi 2000 so'm qilib belgilangan.
“Paxtakor-2”. Toshkent jamoalari orasida eng kam muxlis ko'pincha ushbu klub uy o'yinlarida kuzatilmoqda. Jamoa raqiblarini “Qibray” stadionida qabul qiladi.
“Alanga”. Birinchi liga yetakchisi “Mashal”ga a'loqador bo'lgan jamoa uy o'yinlarini Koson tumanidagi “Koson” markaziy o'yingohida o'tkazadi. Bu jamoada ham muxlislarning o'yinga kirishi uchun chipta chiqarilmasligi aniqlandi.
“Orol”. Bu borada surishtiruv ishlarini “Orol” bilan yakunlar ekanmiz, jamoaning bosh murabbiyi Nematulla Qutiboev bilan bog'landik. U kishining aytishicha, jamoa stadionining nomi “Turon” bo'lib, ishqibozlarning uchrashuvga kirishi bepul bo'lmoqda.
Islombek Rustambekov