Birinchi davra yakunida "G'ijduvon" jamoasida yo'qotish

Narzulla Saydullayev
19 iyun 2018
Pro-liganing "B" guruhida ishtirok etayotgan "G'ijduvon" jamoasida yo'qotish yuzaga keldi.

Jamoaning asosiy himoyachilaridan biri bo'lgan Rahmatillo Rahmatullaev 15-turidan o'rin olgan "Sherdor" jamoasi bilan o'tkazilgan uchrashuvda jarohat oldi. "G'ijduvon" klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, futbolchi 3 hafta muddatga safdan chiqqan.

Ma'lumot uchun, Rahmatillo Rahmatullaev bu mavsum 13ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta sariq kartochka olgan.

Keldiyorov Diyorbek 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia