Bilya Iguain Argentinaning asosiy hujumchisi bo'lishini istaydi

13 okt 2017, 22:19
“Milan” va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Lukas Bilyaning aytishicha, JCH-2018 da terma jamoaning asosiy hujumchisi Gonsalo Iguain bo'lishini istaydi.

“Yuventus” forvardi terma jamoaning kuzda o'tkazilgan bellashuvlariga jalb etilmadi. Terma jamoa safida markaziy hujumchi rolida “Boka Xuniors” futbolchisi Dario Benedetto harakat qildi.

“Men terma jamoa safida 9-raqamning haqiqiy egasi sifatida Iguainni ko'rayapman. U yana bitta JCHda to'p tepishga haqli”, deya Bilyaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia