Bilich "Vest Xem" futbolchilari bilan jiddiy suhbat o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
25 okt 2017, 11:52
"Vest Xem" bosh murabbiyi Slaven Bilich omadsiz uchrashuvlar seriyasidan so'ng futbolchilar bilan jiddiy suhbatlashib olishga qaror qildi.

APLning 9-tur uchrashuvidan so'ng "bolg'ali jangchilar" turnir jadvalida 16-o'ringa tushib ketishdi.

"Avvaliga sardor Mark Nobl bilan suhbatlashdim, keyin boshqa futbolchilarni suhbatga chorladim. Fikrimcha, uchrashuvlar katta foyda keltirdi. Vaziyatdan xabardormiz: O'yinimizni ijobiy tomonga o'zgartirib, ochko to'plashda barqaror bo'lishimiz lozim.

O'tgan yili ham bizda og'ir damlar bo'ldi, ammo biz mehnatimiz evaziga uni engib o'tdik. Hozir ishlashda davom etish lozim. Men iloji boricha tezroq jamoani olg'a chorlashim va o'yinini ijobiy tomonga o'zgartirishim kerak" - deydi Bilich.

Oldinroq, "Vest Xem" rahbariyati Bilichga vaziyatni o'nglash uchun 2ta uchrashuvlik imkoniyat bergani e'lon qilingandi. "Vest Xem"ning keyingi ikki raqibi "Tottenxem" (Liga Kubogi) va "Kristal Pelas" (Premer-liga).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal