Bilbaoda Yevropa chempionati-2020 o'yinlari o'tkazilmasligi mumkin

Alisher
8 apr 2021, 12:33
Bilbao Yevropa chempionati-2020 o'yinlarini o'tkazish huquqidan mahrum etilishi mumkin.

Ispaniya futbol federatsiyasi Basklar Yurtida koronavirus infekciyasiga qarshi qoidalarning amal qilish imkoniyatiga shubha bilan qaramoqda.

Bilbao aholining 60 foizini 14 iyungacha emlash talabini bajara olmayapti, shu sabab o'yinlarni bo'sh stadionlarda o'tkazish kerak.

Oldinroq Yevropa chempionatining barcha mezbon shaharlari o'yinlarni stadionlarda muxlislar bilan o'tkazishga tayyorligi aytilgan edi.

Evro-2020 joriy yil 11 iyundan 11 iyulga qadar bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal