Bilbaoda katta jang bo'ldi. Rossiyalik muxlislar bilan mushtlashuv paytida policiyachi vafot etdi

Aslanov Jasurbek
23 fev 2018, 13:35
Kecha, 22 fevral kuni "Spartak" Yevropa ligasi doirasida Bilbaoning "Atletik" klubi mehmoni bo'ldi.

Bahs 1:2 hisobida mehmonlar - rossiyaliklarning g'alabasi bilan yakunlandi, ammo ikki uchrashuv natijasiga ko'ra "Atletik" keyingi bosqichga chiqdi.

Bahs yakunlanganidan so'ng tartibsizliklar boshlandi. Rossiyalik ishqibozlar mahalliy muxlislar va policiya bilan jang qildi. Ushbu voqea natijasida quyidagilar sodir bo'ldi:

- Massimo Karreraning tarjimoni Artyom Fetisovni kutilmaganda kamar bilan bo'yniga urishdi

- Policiya ma'lumotlariga ko'ra, mahalliy muxlislar bilan mushtlashuvda "Spartak"ning 800 nafar ishqibozi qatnashgan. Ikkala tomon ham shisha idishlar, fayerlardan foydalanishgan.

- "Spartak"ning kamida uch muxlisi kasalxonaga olib ketilgan

- Besh kishi hibsga olindi, ularning uch nafari "Spartak" ishqibozi


Rossiya tashqi ishlar vazirligi "Spartak" muxlislaridan "Atletik"ka qarshi bahs oldidan ehtiyotkorlikka chaqirgan edi, ammo bu foyda bermadi.

Hammasi "Spartak"ning alohida muxlislar guruhlari "Atletik" ishqibozlarini qidirishidan boshlandi:



Keyin qizil-oqlar Bilbao bo'ylab marsh uyushtirishdi:



Natijada to'qnashuv boshlandi va policiya aralashishiga to'g'ri keldi.










AS bergan ma'lumotlarga ko'ra, muxlislar to'qnashuvi oqibatida policiyachi vafot etgan - uning yuragi huruj qilib qolgan. Mushtlashuvlardan so'ng Bilbao shifoxonalaridan biriga 5 kishi olib ketildi, ularning 3 nafari rossiyalik. Ikkala tomon muxlislari to'qnashuv paytida shisha idishlar va fayerlardan foydalanishdi. Besh kishi hibsga olingan, 3 kishi "Spartak" muxlisi.


"Spartak" bosh murabbiyi Massimo Karreraning tarjimoni Artyom Fetisov juma kuni tongda "Instagram"ga surat joyladi. Noma'lum shaxs unga kamar bilan zarba bergan.

Bilbaodagilar "Spartak" muxlislarining tashirifidan xursand bo'lishmagan edi. Kecha maktablarda qo'shimcha darslar bekor qilingani, bar va restoran egalariga ko'chadan stol va stullarni olib qo'yish maslahat berilgani e'lon qilingandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru