Bilasizmi? Urugvay bilan besh marta o'ynaganmiz

Narzulla Saydullayev
7 iyun 2018, 15:03
Ertaga tongda O'zbekiston terma jamoasi o'z tarixida ilk bor Urugvay milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Biroq turli yoshdagi terma jamoalarimiz shu kunga qadar besh bor Urugvay bilan to'qnash kelgan.

2009 yil Misrda o'tgan U-20 Jahon chempionati guruh bosqichida Ahmad Ubaydullaev boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 0:3 hisobida yutqazib qo'ygandi.


2011 yil Meksikada o'tgan U-17 Jahon chempionati chorak finalida Aleksey Evstafeev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 0:2 hisobida yutqazgan.


2013 yil Ozarbayjonda tashkil etilgan Kaspiy kubogi musobaqada U-15 o'smirlar terma jamoalari o'rtasidagi bahs taqdirini penaltilar seriyasi hal qilgan. Omad Urugvay tomonida bo'lgandi.

O'sha yil Turkiyada bo'lib o'tgan U-20 Jahon chempionatida Urugvay Ahmadjon Musaev boshchiligidagi O'zbekistonni 4:0 hisobida zafar quchgan.  

2015 yil Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Portugaliyada Urugvay bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi.



Urugvay va O'zbekiston o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvlari:

29/09/2009 Urugvay - O'zbekiston 3-0 | U-20 Jahon chempionati (Misr)
03/07/2011 Urugvay - O'zbekiston 2-0 | U-17 Jahon chempionati (Meksika)
02/06/2013 O'zbekiston - Urugvay 1-1, penaltilar seriyasi 1-3 | U-15 Kaspiy kubogi (Ozarbayjon)
29/06/2013 O'zbekiston - Urugvay 0-4 | U-20 Jahon chempionati (Turkiya)
29/03/2015 O'zbekiston - Urugvay 1-0 | U-20 O'rtoqlik uchrashuvi (Portugaliya)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia