Bilasizmi? "So'g'diyona" Lushandan avval Qosimovga taklif yuborgan

29 may 2018, 15:07
Jizzaxning "So'g'diyona" klubi Aleksandr Mochinovni iste'foga chiqargach dastlab Mirjalol Qosimovni jamoaga taklif etgan.

Lekin "Bunyodkor" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov jamoani qiyin sharoitda tashlab ketishni istamaganligi bois "So'g'diyona" taklifini qabul qilmagan.

Mirjalol Qosimov yaqinda saytimizga bergan intervyusida ham jamoani og'ir holatda tashlab ketish uning qoidalariga zid ekanini alohida takidlagandi.

Mirjalol Qosimov - Transfer narxi, "4-raqam", eng katta maoshini qayerda olgani va hech qayerda oshkor qilinmagan haqiqatlar (to'liq intervyu)

Shundan so'ng jizzaxliklar Sergey Lushan nomzodiga to'xtalishgan. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, "So'g'diyona" Lushan bilan 3 oylik bitim imzolagan. Agarda natijalar yaxshi bo'lsa, Lushan "So'g'diyona"dagi ishini davom ettiradi.

Bizga ma'lum bo'lishicha, "So'g'diyona" hali Mirjalol Qosimov nomzodidan butkul voz kechgani yo'q va kelasi mavsumda yana Qosimovni jamoaga taklif etishga urinib ko'rmoqchi.

Bugun O'zbekiston kubogi doirasida Qosimov boshchiligidagi "Bunyodkor" aynan Lushan boshqarayotgan "So'g'diyona"ga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia