Bilasizmi? "Qo'qon-1912" raqiblariga 6-marta qizil kartochka ko'rsatildi

Narzulla Saydullayev
19 iyul 2018, 12:40
Kecha Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - AGMK uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yinda bosh hakam mehmonlar darvozaboni Pavel Matyashga qizil kartochka ko'rsatib maydondan chetlatdi.

Shu tariqa, bu mavsumda "Qo'qon-1912"ning raqiblariga oltinchi marta qizil kartochka ko'rsatildi. Bu borada ikkinchi o'rinda "So'g'diyona" bormoqda. Jizzax klubiga qarshi o'ynagan 3 nafar futbolchi chetlatilgan.

Eslatib o'tamiz, "Qo'qon-1912"ning AGMK, "Qizilqum" (2 marta), "Buxoro", "Neftchi" va "Lokomotiv" bilan o'yinlarida raqib jamoalarga qizil kartochka ko'rsatilgan.

2018 yil hozirga qadar "Qizilqum", "Navbahor" va "Bunyodkor" klublariniing raqiblariga umuman qizil kartochka ko'rsatilmagan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia