Bilasizmi? "Navbahor"ning g'alabasiz seriyasi 10taga etdi

Xayrulla Xoliqov
20 okt 2020, 17:03
Har yili o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadigan "Navbahor"ning bu mavsum ishlari yurishmayapti.

"Lochinlar" Superliganing oxirgi 10 turidan beri g'alaba qozona olishmayapti. Jamoa so'nggi bor 9-tur bahsida o'z maydonida "Qizilqum"ni 1:0 hisobida mag'lub etgan. 

Shundan beri "Navbahor" 7ta o'yinda durang qayd etib, 3 bor mag'lub bo'ldi. Namanganliklar navbatdagi ikki turni "So'g'diyona" va "Bunyodkor"ga qarshi o'tkazishadi. 

Yana shuni aytish mumkin, "lochinlar" oxirgi 4 uchrashuvda faqat durang qayd etishdi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia