

Xabaringiz bor, jamoa kuni kecha o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni qabul qilib 3:0 hisobida g'alabaga erishdi. Qizig'i shundaki, "Navbahor" bundan avvalgi uchta uy uchrashuvidan ikkitasida shu hisob bilan zafar quchgandi. Avvaliga "Qizilqum", undan keyin "Metallurg" 3:0 hisobida mag'lub etilgandi.
Mana endi Namanganga tashrif buyurgan "Qo'qon-1912" ham o'z darvozasidan javobsiz uchta to'p o'tkazib yubordi. Bundan ko'rinib turibdiki, namanganliklarning shashti ancha baland. Ilhom Mo'minjonov shogirdlari har bir bahsda astoydil harakat qilishmoqda deya olamiz. Yana bir ma'lumot: "Navbahor" oxirgi beshta o'yinning birortasida ham gol o'tkazmasdan g'alaba qozondi. To'plar nisbati 11-0. Mana buni tahsinga loyiq natija desa bo'ladi.



