Bilasizmi, Klopp 7 finalining 6tasida mag'lub bo'lgan

Mirjalol Normatov
27 may 2018, 21:12
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp uchun finallar doim omadsiz bo'lib kelmoqda.

Germaniyalik mutaxassisning jamoalari 7 marta finalda qatnashgan bo'lsa, ikki martadan YCHL va Germaniya kubogi finali, bir martadan Angliya liga kubogi va Yevropa ligasi hal qiluvchi uchrashuvlarida mag'lubiyatga uchragan.

Uning finaldagi yagona g'alabasi Germaniya kubogi-2011/12 yilgi mavsumga to'g'ri keladi. O'shanda u "Borussiya" bilan birgalikda sovrinni qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: euro-football.ru