Bilasizmi? "Bunyodkor" oliy ligada birinchi marta yirik hisobda yutqazdi

Narzulla Saydullayev
13 apr 2015, 21:20
Toshkentning "Bunyodkor" klubi oliy liganing 4-turida "Lokomotiv"ga 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
2007 yildan buyon oliy ligada o'ynab kelayotgan "Bunyodkor" shu kunga qadar umuman yirik hisobda mag'lub bo'lmagan edi. "Qaldirg'ochlar"ning O'zbekiston chempionatidagi eng yirik mag'lubiyati 1:3 bo'lib turgandi. Sergey Lushan boshchiligidagi jamoa klub antirekordni yangiladi.

Barcha musobaqalarni inobatga olsak "Bunyodkor" so'nggi bor 2014 yilning 14 may sanasida 0:3 hisobida yutqazgan. OCHL 1/8 finali javob bahsi doirasida Saudiya Arabistonida "Al Hilol" mehmoni bo'lgan "qaldirg'ochlar" yirik hisobda mag'lub bo'lishgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia