

"Nasaf"ning bugungi raqibi o'z tarixida bir marta OCHL guruh bosqichida ishtirok etgan xolos. 2014 yilgi mavsumda "Al Fateh" "Bunyodkor", "Fulad" va "Al Jayish" bilan bir guruhda o'ynagan. Qizig'i Saudiya Arabistoni klubi 6ta o'yinning hech birida g'alaba qozona olmagan. Jamoa 2 bor durang qayd etgan va 4 uchrashuvni yutqazgan. O'sha 6ta o'yinda jamoa raqiblari darvozasiga 3ta gol ura olgan xolos.
"Al Fateh" - "Nasaf" uchrashuvi bugun, 7 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.




