S.Arabistonida mavsum yakunlandi. Masharipovning 90+5-daqiqadagi goli jamoasiga 3 ochko keltirdi (+jadval)

Eldor Akmurzayev
28 iyun 2022, 07:50
Saudiya Arabistoni chempionati 30-turida “Al Nassr” o'z maydonida “Al Fateh”ni qabul qilib, 2:1 hisobida g'alabaga erishdi.

Uchrashuvning 90+5-daqiqasida Jaloliddin Masharipov penaltidan ajoyib tarzda gol urdi.

Bu 28 yoshli futbolchining joriy mavsum jamoa libosidagi 2-goli bo'ldi va uning hisobida 5 ta assist ham bor.

“Al Nassr” esa 2021/22 yilgi mavsum mamlakat birinchiligida 61 ochko bilan 3-o'rinni egalladi. Musobaqa g'olibligi esa 18-marotaba “Al Hilol”ga nasib etdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia