Beyl va "Real" o'rtasidagi munosabatlar nima uchun yomonlashgan?

17 okt 2020, 22:23
Bu haqda Cadena Ser ma'lumot berdi.

Takidlanishicha, 31 yoshli uelslik yarim himoyachi o'tgan mavsumda maoshining qisqartirilishini rad etgan "Real Madrid" tarkibidagi yagona futbolchi bo'lgan. Jamoaning qolgan a'zolari koronavirus pandemiyasi davrida yuzaga kelgan inqiroz tufayli ish haqining 10 foizga qisqarishiga rozi bo'lishgan edi. Shu tufayli rahbariyat va futbolchi o'rtasidagi kelishmovchilik jiddiylashgan.

Xabaringiz bor, "Real" rahbariyati sentyabr oyida Beylni "Tottenxem"ga ijaraga berib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Cadena Ser