Beyl "Real"ning keyingi o'yinida maydonga tushishi mumkin

Оқил Абдубарноев
19 yanv 2022, 19:41
"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl jamoasining navbatdagi o'yinida maydonga tushishi mumkin.

Jarohatlari tufayli uelslik futbolchi 28 avgustdan beri Madrid klubi safida o'ynamayapti.

"Beyl tarkibda, u maydonga tushishga tayyor. Garet Saudiya Arabistoniga bormadi, lekin mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. 

Hamma o'yinchilar singari u ham maydonga tushishi yoki tushmasligi mumkin. Barchasini vaqt ko'rsatadi", - dedi "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya kubogi doirasida "Elche"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Marca