

“Imkonim etgunga qadar o'ynashda davom etaman. Ayni vaqt qiyin damlarni boshdan kechiryapmiz, ammo bu meni to'xtata olmaydi.
Yevropa chempionatiga saralash bahslari mart oyida start oladi va terma jamoada bo'lishimga umid qilaman”, degan Garet Beyl.
Eslatib o'tamiz, uelsliklar dastlabki turda AQSH bilan durang (1:1) o'ynadi va keyin Eronga 0:2 natijasi bilan yutqazdi. Jamoa “B” guruhida 1 ochko bilan oxirgi bo'ldi.



