Beyl: “Madridga qaytmoqchiman”

Eldor Akmurzayev
23 mar 2021
“Tottenxem” ijara asosida harakat qilayotgan “Real” vingeri Garet Beyl kelajagi haqida ma'lumot berdi.

“Kelajagim haqidagi mish-mishlar meni chalg'itmaydi. “Tottenxem”ga o'tishimining asosiy sababi, birinchi o'rinda futbol. Yevropa chempionati oldidan yaxshi formada bo'lishni xohlayman. Birinchi navbatdagi rejam esa mavsumni “Tottenxem”da o'tkazib, yilning qolgan qismini o'tkazish uchun “Real”ga qaytish edi. Madridga qaytmoqchiman”, deydi Garet.

Eslatib o'tamiz, 31 yoshli futbolchining madridliklar bilan tuzgan shartnomasi 2022 yil yozida tugaydi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Evening Standard