

"Chetlatilishga munosib harakat qildim deb o'ylamayman. Avvaliga sariq kartochka ko'rsatishdi, keyin raqib futbolchisi meni turtdi, men esa xuddi shu uslubda javob qaytardim. Muxlislar va jamoa oldida uzr so'rayman. Yo'l qo'yilgan xatodan kerakli xulosalar chiqaraman.
Oldimizda "Eybar" va "Napoli"ga qarshi bahs kutib turibdi. Har uchrashuvda g'alaba uchun kurashishimiz kerak" - deydi Beyl.



