Beyl kamida bir oyni o'tkazib yuboradi

Mirjalol Normatov
13 sen 2021, 23:54
"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl "Selta"ga qarshi o'yindan oldingi mashg'ulotda olgan jarohati sababli safdan chiqdi

"Marca" xabariga ko'ra, chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rik natijalari uning o'ng oyog'i son qismida jarohat borligini ma'lum qilgan. Beyl "Real"ning 6 o'yinini o'tkazib yuborishi aniq bo'lgan. Oktyabr oyi o'rtalarida u yana bir bor tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Beyl ushbu mavsumda "Real" tarkibida 3 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi. Uning klubi bilan kelishuvi kelasi yozda yakunlanadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca