Bexrami jarohat oldi

3 apr 2019, 09:14
“Udineze” yetakchisi “Milan”ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

Kecha “Udineze” “Milan” bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi. Bellashuvda udineliklar yetakchisi Valon Bexrami jiddiy jarohat oldi. Hozircha uning qancha muddatga safdan chiqqanligi haqida ma'lumot berilmagan.

33 yoshli yarim himoyachi “Udineze”ga 2017 yil avgustida “Uotford” jamoasidan kelib qo'shilgandi. U joriy mavsum Italiya chempionatida 20 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi. Uning jamoasi bilan shartnomasi joriy yil yozda yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia