"Betis" ustozi: "Hakam Navasni chetlatishi kerak edi"

Aslanov Jasurbek
13 mar 2017, 13:45
"Betis" bosh murabbiyi Viktor Sanches "Real"ga qarshi LaLiganing 27-tur uchrashuvida uchragan mag'lubiyatidan juda xafa.

Sanchesning fikricha, uchrashuv bosh hakami Mateu Laos darvozabon Keylor Navasni chetlatmay bahs natijasiga ta’sir ko'rsatdi. "Betis" yarim himoyachisi Darko Brashanac birinchi bo'limda Navas bilan birga-bir chiqdi va kosta-rikalik futbolchi darvozadan chiqib raqibini yiqitdi.

"Biz o'zimiz bilan kerakli natijani olib ketmayapmiz va o'yin borasida salbiy xotiralar qoldi. Kuchli raqibga qarshi munosib o'yin ko'rsatdik. Hakam Navasni chetlatishi kerak edi" - deydi Sanches.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca