"Betis" futbolchisi Beylning o'rnini egallaydi

18 mar 2020, 22:17
"Qaymoqranglilar"ga fransiyalik futbolchi kerak.

"The Sun" nashri xabariga ko'ra, Madridning "Real" klubi "Betis" yarim himoyachisi Nabil Fekirga e'tibor qaratmoqda. "Qirollik klubi" rahbariyati 26 yoshli francuzni jamoani yozda tark etishi kutilayotgan Garet Beylning o'rniga o'rinbosar deb biladi. 

“Real” Beylni tekinga qo'yib yuborishga tayyor

Takidlanishicha, "Real" mutasaddilari Fekirning faoliyatini "Lion"da debyut qilgan vaqtidan beri kuzatib kelmoqda. Xavbek Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 22 o'yinda maydonga tushib, 7 gol, 6ta samarali uzatmaga mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Sun