
Turkiya tartib intizom qo'mitasi chempionatning 5-turi dorasida “Beshiktosh”ning “Galatasaroy” ga qarshi o'yinidan so'ng, bunday qarorga kelishga majbur bo'lgan. 22 sentyabrda bo'lib o'tgan o'yinning qo'shib berilgan 3 daqiqasida muxlislar maydonga chiqishgan va bu o'z navbatida tartibsizlikni yuzaga keltirgan. Shu o'rinda hisob mehmonlar foydasiga (2:1) hal bo'layotgan bir paytda o'yin to'xtatilgan. Bundan tashqari jamoa bosh murabbiyi Slaven Bilich hakamlarni so'kkani uchun uchta o'yinga diskvalifikaciya qilingan.