"Beshiktosh"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Alisher
26 mar 2022
Valeren Ismael "Beshiktosh" bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Mutaxassis 2022/23 yilgi mavsum so'nggiga qadar shartnoma imzoladi va uni yana bir yilga cho'zish mumkin.

46 yoshli mutaxassis joriy yilning fevralida "Vest Bromvich"dan iste'foga chiqarilgan edi. U jamoani 2021 yilning iyunidan beri boshqarayotgandi.

"Beshiktosh" esa hozirda Turkiya chempionatida 30 o'yindan so'ng 46 ochko jamg'argan holda, jadvalda sakkizinchi o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: bjk.com.tr