"Beshiktosh" APLdan hujumchi xarid qiladi

4 iyun 2020, 00:56
"Aston Villa" forvardi Kinan Devis turk klubi qiziqishlari doirasiga tushib qolgan.

Sporx xabariga ko'ra, "Beshiktosh" imkon tug'ilishi bilan 22 yoshli hujumchini xarid qilmoqchi. Devis "Aston Villa" tarkibiga 2015 yilning dekabrida qo'shilgan. U APLning joriy mavsumida 8ta o'yin o'tkazdi.

Ma'lumot uchun, "Beshiktosh" Turkiya chempionatining 26-turidan keyin musobaqa jadvalining 5-pog'onasini band qilgan.

Turkiya Superligasi musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sporx