Berti Fogts: "Futbolchilarimni OAV orqali tanqid qilmayman"

21 avg 2014, 02:06
Ozarbayjon terma jamoasi bosh murabbiyi Berti Fogts O'zbekiston bilan bo'lib o'tgan o'rtoqlik o'yinidan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

-Uchrashuvda qaysi futbolchining harakatidan qoniqdingiz?
-Meni yaratilgan vaziyatlardan ko'nglim to'ldi faqat.

-Birinchi bo'limda Nazarov ko'p xatoga yo'q qo'ydi. Uni o'rniga boshqa futbolchini tushirishni imkoni yo'q edimi?

-Bizni Rossiya bilan bo'ladigan o'yinimiz bor. Men futbolchilarni sinab ko'raman, ammo OAV orqali tanqid qilmayman. Men ularni yuziga aytaman. Nazarovga 90 daqiqa imkon berdim. Uning harakatlarini ko'rishni istagandim.

-O'zbekistonning ikkinchi tarkibini mag'lub eta olmadingiz. Bu o'yin bilan yevropada nimani ko'rsatmoqchisiz?
-Meni vazifam - kuchli jamoani shakllantirish. Meni ishim kimgadir nimanidir ko'rsatish emas.

-Rossiyaga qarshi o'yinda "Karabax" futbolchilarini sinab krasizmi? Yoki "Neftchi" jamoasi futbolchilariga imkon berasizmi?
-Har ikkala jamoa futbolchilarini sinab ko'raman. Lekin asosiy tarkibd kimlar o'ynashini aniq ayta olmayman. Bugun o'ynagan futbolchilarni ko'pchiligida tajriba yetishmasdi. Lekin maydonda "Neftchi" yoki "Karabax" futbolchilarining yo'qligi sezilmadi.

-Bugun to'rt futbolchi madhiyani aytishdi. Qolgan etti nafari esa jim o'tirishdi.
-Men hech qachon madhiyani aytmaganman. Har kim o'zi uchun o'zi hal etadi. Germaniya terma jamoasi jahon chempioni bo'ldi. Besh kishi esa madhiyani aytmagandi. Nima bu meni yomon odam qiladimi?


Manba: azerisport.com