Bert van Marveyk: "Robben Messi va Ronaldodan ko'ra universalroq"

Gollandiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Bert van Marveyk Aren Robbenning o'yini xususida gapirib o'tdi.
Agarda menga Messi, Ronaldo va Robben orasidan kimni tanlaysiz deyishganida, so'zsiz Aren Robbenni degan bo'lardim. Ushbu "trio" ichidan Robben eng universal futbolchi. Aren bu borada Ronaldo va Messidan kuchli. Lekin ko'pchilik uning bu jihatlariga e'tibor bermaydi. Odamlarga futbolchining qancha gol urgani qiziq.
Shu uchun "Oltin to'p" ko'proq hujumchilarga nasib etadi.

Manba: soccer.ru