Bernardu Silvaga Portugaliya top-klubi qiziqish bildirmoqda

Alisher Ostonov
13 sen 2025
"Manchester Siti" hujumkor yarim himoyachisi Bernardu Silva yaqin transferlar davrida jamoani tark etishi mumkin.

Portugaliyalik xavbek "Benfika" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. "Shaharliklar" allaqachon portugal klubiga futbolchi bilan muzokara o'tkazishga ruxsat bergan. Transfer yanvar oyida amalga oshirilishi mumkin.

Bernardu Silva 2017 yilda Fransiyaning "Monako" klubidan "Manchester Siti" futbolchisiga aylangandi. Futbolchi Angliyada jami 410 ta o'yin o'tkazib, 72 ta gol va 73 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan. Transfermarkt portali 31 yoshli yarim himoyachini 38 mln evroga baholamoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Daily Mail