Bernardu Silva “Manchester Siti” bilan yangi shartnoma imzoladi

Aslanov Jasurbek
13 mar 2019, 23:48
“Manchester Siti” rahbariyati jamoaning portugaliyalik futbolchisi Bernardu Silva bilan shartnomani uzaytirdi.

Yangi kelishuvga ko'ra, futbolchi 2025 yilga qadar sitichilar sharafini himoya qiladi.

Avvalroq, 24 yoshli yarimhimoyachiga Ispaniya grandlari tomonidan qiziqish bo'layotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Silva 2017 yilda Fransiyaning “Monako” klubidan 43 mln. evro evaziga “Manchester Siti” safiga kelib qo'shilgandi. U joriy mavsum APLda 29ta uchrashuvda qatnashib, 5ta gol urgan hamda 7ta golga hammualliflik qilgan.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: MCFC