Berluskoni oq qon bilan kasallandi

Sherzod Nurmatov
6 apr 2023, 15:33
Italiyaning "Monca" klubi prezidenti kecha kasalxonaga yotqizildi.

Silvio Berluskoni San-Raffaele kasalxonasida leykemiya tufayli pnevmoniyaga qarshi kurashmoqda. Undan suyak iligi olingan. 

"Monca" rahbari o'tgan haftada ham kasalxonga yotqizilgandi. 30 mart kuni unga test va davolanishdan o'tganidan so'ng ruxsat berilgan.

Tashqi ishlar vaziri Antonio Tajani uning sog'lig'i haqida ma'lumot berdi:

"Prezident Berluskonining ahvoli barqaror. U kecha tunni tinch o'tkazdi", – dedi u.

"Monca" bosh direktori Adriano Galliani ijtimoiy tarmoqlarda Berluskonini qo'llab-quvvatlashini bildirdi. 

Kecha uning ukasi Paolo kasalxona tashqarisida OAVga shunday dedi: 

"Akamning ahvoli barqaror. U toshdek, bu safar ham bu holatdan chiqib ketishning uddasidan chiqadi. Ruhiy holatimiz yaxshi".

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia