Bergkamp haykalining ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Tolibjon Qosimov
22 fev 2014
"Arsenal" klubi o'zining afsonaviy hujumchisi Dennis Bergkampning haykalini o'rnatdi.
Tantanali marosimda "kanonirlar"ning yuzlab muxlislari, klub vakillari, Bergkampning o'zi ishtirok etdi.

Haykal "Emireyts" stadioni oldidagi Terri Anri, Toni Adams va Gerbert Chepmenning haykallari oldiga qo'yildi.

Bergkamp "Arsenal"da 11 mavsum faoliyat olib borgan. Klub safida jami 423ta o'yin o'tkazib 120ta gol urgan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru