Berdiev jamoadan ketishi haqida futbolchilarga ma'lum qilgan

6 avg 2016, 22:27
Rossiyaning "Rostov" jamoasi bosh murabbiyi Qurbon Berdiev tez orada "Spartak" boshqaruviga o'tishi kutilmoqda.


Qurbon Berdiev bugun "Rostov"dagi o'zining oxirgi mashg'ulotini o'tkazgan va shundan so'ng futbolchilarga klubdan ketishi haqida ma'lum qilgan.

Berdiev jamoani tark etayotganini klubning futbolchilardan katta qarzdorligi borligi bilan izohlagan.

Qurbon Berdiev tez orada "Spartak" jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

Kuni kecha "Spartak" klubi jamoa bosh murabbiyi Dmitriy Alenichevning iste'fosini qabul qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: «Спорт-Экспресс»