Berbatov: “Ronaldu hatto bayram kechalarida ham ichmas edi”

Eldor Akmurzayev
10 dek 2020
“Manchester Yunayted” sobiq forvardi Dimitar Berbatov sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.

“U bilan mavsumni o'tkazganim men uchun omad. Krishtianu bilan mashg'ulotlar urushga o'xshardi

Rojdestvo kechalarida futbolchilar vaqtni quvnoq o'tkazardi, ammo barchasi professionallik bilan bo'lgan. Uni shunaqa vaqtlarda ham ichganini ko'rmaganman. U o'ziga juda ehtiyotkorlik bilan g'amxo'rlik qilardi. Biz mashg'ulotlarga kelganimizda, u allaqachon sport zalida bo'lar edi. Keyin esa u qolib, qo'shimcha tarzda darvoza tomon zarba berishni mashq qilgan. Krishtianu gollar urib, suzishga borar va keyin sport zaliga qaytardi. U eng zo'ri bo'lishni maqsad qilgandi”, deydi Berbatov.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca