Benzema "Real"ga qaytadimi?

Sherzod Nurmatov
3 mar 2025
“Al Ittihod” hujumchisi Karim Benzema kelajakda "Real"ga qaytish niyati borligini yashirmayapti.

Fransiyalik futbolchi 14 yil davomida “qaymoqranglilar” safida o'ynagan va 2023 yilda Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tgan. 37 yoshli futbolchining amaldagi bitimi 2025/26 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

“Faoliyatimni yakunlaganimdan keyin futbolga yaqinroq bo'lishni xohlardim. Ha, Florentino Peres bilan. Men "Real"ga qaytgan bo'lardim, nega endi yo'q?", – dedi forvard.

Karim Benzema joriy mavsum "Al Ittihod” safida 21 o'yinda qatnashib, 18 ta to'p kiritdi hamda 7 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Madrid Universal