Benzema: "Real"ga eng yaxshi Azar kerak. U "Chelsi"da ajoyib edi va Madridda tarix yozishi kerak"

Alisher
24 yanv 2021, 17:43
"Real" hujumchisi Karim Benzema kechagi La Liga doirasidagi "Alaves" (4:1)ga qarshi o'yindan so'ng gol va assist qayd etgan jamoadoshi Eden Azar haqida gapirdi.

"Azar "Chelsi"da ajoyib o'yinchi bo'lgan edi, hozir esa u "Real"da yangi tarixini yozishi kerak. U bilan barchasi joyida, u hozirda o'zini yaxshi his qilmoqda. U yurakdan ishlamoqda va yaxshi o'yin o'tkazdi.

Bizga eng yaxshi Azar kerak", - deydi Benzema.

Azar joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: As