Benzema “Real”dagi shaxsiy rekordini yangiladi

Eldor Akmurzayev
3 apr 2022, 08:05
Ispaniya chempionati 30-turida “Real” 2:1 hisobida “Selta” ustidan zafar quchdi.

Mezbonlar forvardi Karim Benzema o'yinda dublga erishib, madridliklar safidagi mavsum davomida urgan gollarini 34 taga etkazib oldi. U mazkur natija bo'yicha o'z shaxsiy rekordini yangiladi. Bungacha uning eng yaxshi ko'rsatkichi 2011/12 yilgi mavsum qayd etilgandi – 32 gol.

Umuman 34 yoshli futbolchi joriy mavsum Primerada 26 bahsda qatnashib, 24+11 natija ko'rsatmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta