​Benzema “Real” tarixidagi eng yaxshi to'purarlar Top-6 ligiga kirdi

28 yanv 2019, 08:25
“Real” hujumchisi La Liga 21-turi doirasida “Espanol” darvozasiga 2 ta gol kiritishga erishdi (4:2).

Bu 31 yoshli fransiyalik futbolchi uchun “Real” safidagi 206 hamda 207-gollar bo'ldi. Natijada Benzema “Real” tarixidagi eng yaxshi to'purarlar qatorida 6-o'ringa ko'tarildi va Ugo Sanches bilan tenglashib oldi.

Beshinchi o'rinda Ferenc Pushkash bormoqda. Uning hisobida 242 ta gol mavjud. “Real” tarixidagi eng yaxshi to'purar esa Krishtianu Ronaldu hisoblandi. Portugaliyalik “Qirollik klubi” uchun 450 ta gol urishning uddasidan chiqqan.

O'xshash yangiliklar


Manba: MisterChip