Benzema "Real" sovg'a qilgan mashinada avariyaga uchradi (foto)

Aslanov Jasurbek
24 sen 2017, 15:23
"Real" hujumchisi Karim Benzema mashinasida avariyaga uchradi.

Voqea 22 sentyabr kuni avtomagistralda sodir bo'ldi.

29 yoshli fransiyalik Audi RS6 mashinasida Nissan Note avtomobili bilan to'qnashib ketdi. Hech kim jarohat olgani yo'q, ammo ikkala mashina ham shikastlangan. Ikki haydovchi alkogol testidan o'tishdi, ammo ular spirtli ichimlik ichmagani ma'lum bo'ldi.


Ushbu Audi Karimga "Real" tomonidan sovg'a qilingan edi.


Oldinroq, Benzema tezlikni oshirgani va hujjatsiz mashina haydagani uchun jarimaga tortilgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS