Benzema Mbappeni ortda qoldirib, Fransiyada yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi

Sherzod Nurmatov
5 yanv 2023, 10:57
Fransiyada mamlakatning 2022 yildagi eng yaxshi sportchisini aniqlash uchun ovoz berish jarayoni bo'lib o'tdi.

Unda Fransiya sport jurnalistlari assotsiatsiyasining uch ming a'zosi qatnashdi. 

Erkaklar o'rtasida Karim Benzema g'alaba qozondi. U XXI asrda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan birinchi fransiyalik bo'ldi. Benzema "Real" safida ajoyib o'ynab, jamoaga Chempionlar Ligasi, Ispaniya chempionati va UEFA Superkubogida g'alaba qozonishga yordam berdi. Biroq Karim jarohati tufayli Qatardagi Jahon chempionatini o'tkazib yubordi. Futbolchining atrofidagilar JCH-2022 pley-off bosqichida u tuzalgani va o'ynashi mumkin bo'lganini takidlamoqda.

Ovoz berishda ikkinchi o'rin Kilian Mbappega nasib etdi, u 8 ta gol bilan JCH-2022 to'purariga aylangan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: newsinfrance.com