Benzema La Liga tarixidagi eng yaxshi to'purarlar beshligiga kirdi

Sherzod Nurmatov
16 fev 2023, 11:39
Ispaniya chempionatining 21-turi doirasidagi "Elche"ga qarshi o'yinda dubl qayd etgan "Real" hujumchisi Karim Benzema La Liga to'purarlari ro'yxatida 5-o'ringa ko'tarilib oldi.

Hozirda 230 ta golga ega bo'lgan fransiyalik futbolchi 228 ta gol urgan "Real" sobiq forvardi Raul Gonsalesdan o'zib ketdi.

OptaJose'ning tvittyerda yozishicha, La Liga tarixidagi to'purarlar ro'yxatida Benzema faqat Lionel Messi (474), Krishtianu Ronaldu (311), Telmo Sarra (252) va Ugo Sanchesdan (234) ortda boryapti.

Shuningdek, Benzema Ronaldudan keyin "Real"ning La Ligadagi eng yaxshi ikkinchi to'purariga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: OptaJose