Benzema gollar soni bo'yicha Ronaldoga yetib oldi

Tolibjon Qosimov
10 fev 2014, 17:07
"Vilyarreal"ga qarshi o'yindagi g'alabaga katta hissa qo'yshgan futbolchilardan biri Karim Benzema shu baxsda madridliklar safidagi 104-golini kiritib, bu borada braziliyalik Ronaldoga yetib oldi.
Francuz futbolchisi shu kuni ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi. Birini safar u Beylning ajoyib to'p uzatishini samarali yakunlagan bo'lsa, ikkinchisida Xese uzatgan to'pni to'xtatmasdan to'rga joylab qo'ydi.

"Har doim yishitlar bilan birga ishlash, gollar kiritish, vaziyatlardan zavq olish menga rohat bag'ishlaydi. Shunday bo'lsada, asosiysi - g'alaba! Bugun o'yimga bo'lgan ishonchim yanada oshdi.

Ronaldodek buyuk futbolchiga munosib bo'lish - katta sharaf. U futbol tarixidagi eng kuchli hujumchidir", dedi Benzema.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: merengues.ru