

Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Futbolchi va bosh murabbiy o'rtasidagi mojaro Benzema jarohati tufayli maydonga tushmagan Jahon chempionati vaqtida kelib chiqdi. Murabbiy Benzema davolanish vaqtida aloqaga chiqmaganidan hayron.
Benzema prezident Emmanuel Makronning Qatardagi JCH finaliga kelish taklifini rad etdi.
54 yoshli Deshamning amaldagi shartnomasi 2022 yilning 31 dekabrida yakuniga etadi. Murabbiy 2012 yilning iyulidan buyon terma jamoani boshqarib kelmoqda. O'n yil ichida fransiyaliklar jahon chempioni (2018), Millatlar Ligasi g'olibi (2021) va ikkita musobaqa kumush medali sohibi bo'lishdi: Yevropa chempionati (2016) va Jahon chempionati (2022).



