

"Kristal Pelas" klubi hujumchisi Kristian Benteke yanvarda jamoani tark etmoqchi. 28 yoshli belgiyalik o'z oldiga kattaroq maqsadlarni qo'ygan, kuchliroq klublardan biriga o'tib, ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni xohlamoqda.
Ma'lumotlarga qaraganda, uning kyetishiga Evro-2020 musobaqasida ishtirok etolmay qolish qo'rquvi sabab bo'lmoqda. Chunki hujumchi joriy mavsum APL doirasidagi o'yinlarning 10 tasida ishtirok etdi, ammo ulardan birortasini yakuniga etkazib qo'yolmadi. Uning hisobida hozircha bitta sariq kartochka bor.



